Adliya vazirligi jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun huquqiy mavzularda o`quv kurslarini tashkil etgani haqida xabar bergan edik.
“Jurnalistika: huquqiy amaliyot va ko`nikmalar” deb nomlangan ushbu o`quv-seminarining dastlabki bosqichida malakasi oshirilgan bosma OAV vakillariga sertifikatlar topshirildi.
Dasturga asosan mashg`ulotlar ikki kun davom etadi. Unda 30 dan oshiq jurnalistlar o`qitildi.
Navbatdagi o`quv mashg`ulotlari 2019 yilning 18-19 fevral kunlari televidenie yo`nalishida faoliyat yurituvchi jurnlistlar uchun o`tkaziladi.






