Sud organlari Catalea Group rahbarini tovlamachilik va poraxo`rlikda ayblab sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etishdi. Bu haqda 12news.uzga asoslanib, kun.uz xabar bermoqda.
Bundan tashqari, sud uni «Mening dadam bo`ydoq» filmi rejissyori Alisher Uzoqovga 44 million so`m to`lash majburiyatini ham yuklagan.
«Darakchi» gazetasining aniqlik kiritishicha, taniqli aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov ushbu kompaniya bilan «Mening dadam bo`ydoq» filmidan tushgan foydani teng bo`lishga kelishgan bo`lgan.
Biroq Catalea Group rahbari va`da qilingan pulning faqat bir qismini bergan, bundan tashqari, filmni Rossiyada namoyish etish huquqini 4 ming dollarga sotayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan qo`lga tushgan.
10.11.2014 13:54





