AsosiyDunyo

Dueyn Jonson “Oskar”dan voz kechdi

'Dueyn Jonson “Oskar”dan voz kechdi 'ning rasmi

Gollivudning eng ko`p haq to`lanadigan aktyorlaridan biri Dueyn Jonson “Oskar-2019” taqdirlash marosimini olib borishdan voz kechdi, deya xabar bermoqda Kinonews.ru nashri.

Aktyorning ish jadvali o`ta tig`iz bo`lgani uchun shunday qarorga kelgan.
“Men Akademiyaning birinchi nomzodi edim. Men bu shouni o`ta qiziqarli va ko`ngilochar tarzda olib borishim lozimligini tushunardim. Lekin ish jadvalim juda ham zich edi. Aynan shuning uchun ham boshlovchilikdan voz kechdim”, - deydi aktyor.

Eslatib o`tamiz, bundan avvalroq aktyor Kevin Xart “Oskar” boshlovchiligidan voz kechgan edi.

    Boshqa yangiliklar