Shu yilning may oyida katta ekranlarga XX asrning eng mashhur yozuvchilaridan biri Jon Ronald Ruel Tolkin haqidagi “Tolkin” filmi chiqariladi, deb xabar bermoqda Kinonews.ru nashri.
Filmda adibning ikki jahon urushida qatnashganlari, shundan so`ng mashhur adabiy durdonalardan biri bo`lmish “Uzuklar hukmdori”ni qanday yozgani hikoya qilinadi.
Tolkin rolini o`tgan yili katta ekranlarga chiqarilgan yana bir mashhur yozuvchilardan biri Selinjer roli ekranlashtirgan Nikolas Xolt ijro etadi.
Film adabiyot ixlosmandlariga tavsiya etiladi.






