Shu kunlarda aktyor Uill Smit nima uchun “Matrisa” filmida suratga tushishdan voz kechgani oshkor qildi, deya xabar qilmoqda Kinopoisk.ru nashri.
2000-yillarning boshlarida Uill Smit “Qora kiyimli odamlar” va “Mustaqillik kuni” filmlarida suratga tushib, katta shuhratga erishgan edi. Ana shunday kunlarning birida aka-uka Vachovskiylar undan o`zlarining yangi filmlariga bosh rolni ijro etishni so`raydi. Film allaqanday robotlar, kung-fu va kompyuterlar haqida ekan. Filmda Uill qora kostyumda sakrab, turli tryuklarni yuajarishi kerak edi.
O`sha paytda Vachovskiylar “Aloqa” filmi orqali endi tanilayotgan edilar. Ko`p ikkilanishlar so`ng Uill Smit loyihadan voz kechadi va mashhur Neo roli aktyor Kianu Rivzga nasib etadi.
Endilikda Uill o`sha qaroridan afsuslanmoqda.






