AsosiyDunyo

Aktyor Bruno Gans vafot etdi

'Aktyor Bruno Gans vafot etdi 'ning rasmi

Aktyor Bruno Gans vafot etdi, deb xabar qilmoqda FAZ nashri.

Syurixda 78 yoshda shveysariyalik aktyor Bruno Gans vafot etdi.

Gans 1941 yil 22 martda Syurixda dunyoga kelgan.

“Berlin uzra osmon” va “Amerikalik do`stim” filmlaridan so`ng Bruno mashhurlikka erishgan. U karerasi davomida Ridli Skott, Frensis Ford Koppola, Verner Xersog kabi mashhur rejissyorlarning filmlarida suratga tushgan.

Uning oxirgi filmi rejissyor Lars fon Trierning “Jek qurgan uy” trilleri bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar