Chexiyada hozirgacha gestapoga tegishli er uchastkasi borligi aniqlandi, deb xabar qildi Korrespondent.net nashri.
Byurokratik xatolarga ko`ra er yangi egalariga topshirilmagan.
Chexiyaning janubi-sharqidagi 30 kvadrat metr uchastka o`sha paytda juhud oilasiga tegishli bo`lgan. Nemislar bosqinidan so`ng esa, 1943 yili er gestapo tasarrufiga o`tgan. Ammo e`tiborsizlik tufayli hujjatlarda hamon er egasi deb mahalliy gestapo ko`rsatilib kelingan.
Hozirda ushbu er uchastkasi mahalliy hokimiyatga o`tkazilgan.






