Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. 10 fevral kuni Ozoda Nursaidova vafot etgani haqida yolg`on ma`lumotlar ham tarqaldi.
Xonanda asossiz gap-so`zlarga nuqta qo`yish maqsadida Instagram orqali muxlislariga murojaat yo`lladi.
"Assalomu alaykum aziz muxlislar, hurmatli obunachilar, men ancha yaxshiman. O`zimni yaxshi his qilyapman. Shu bir haftaning ichida g`alati, kutilmagan narsalar bo`lib ketdi. Avvalo qilingan duolar, aytilgan tilaklar umuman olganda qo`llaganliklaring uchun sizlarga mingdan-ming rahmat. Bundan buyon faqat yaxshi, xursandchilik kunlaringda sizlar uchun xizmat qilish nasib qilsin. Internetdagi ba`zi bir narsalarga ishonmanglar, borman, tirikman. Aytgancha, Bishkekliklarni 8—9 mart kuni konsert dasturimda kutib qolaman. Hammaga rahmat", — deydi xonanda.