AsosiyDunyo

O`zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 10-qavatdan qulab tushib, omon qoldi

'O`zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 10-qavatdan qulab tushib, omon qoldi'ning rasmi

Rossiyaning Leningrad viloyati Sankt-Peterburgda Murinodagi turar joy hududida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida O`zbekiston fuqarosi bo`lgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tushdi. Bu haqda "Fontanka" nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, montajchi bo`lib ishlagan yosh yigitni boshi, ko`krak qafasi, qorin va tos jarohatlari bilan shifoxonaga olib borishgan. Unda umurtqa sinishi va bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.

Sankt-Peterburg huquq-tartibot organlari bu mehnat muhojiri O`zbekistondan kelgani, 23 yoshda ekani va Rossiya hududida vaqtinchalik ro`yxatdan o`tmaganini aniqlashgan.

Hodisaga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar