AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni shahzodasi pokistonlik 2100 nafar mahbusni ozod qildi

'Saudiya Arabistoni shahzodasi pokistonlik 2100 nafar mahbusni ozod qildi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salman Islomobodga tashrifi chog`ida Qirollik qamoqxonasida saqlanayotgan 2100 nafar mahbusni ozod qilishga buyruq berdi.

Shahzoda Muhammad Osiyo safarini yakshanba kuni Pokistonga rasmiy tashrif bilan boshladi. Shuningdek, u Xitoy Xalq Respublikasiga ham tashrif buyurishni rejalashtirilgan. Ushbu safar Saudiya tanqidchisi va jurnalisti Jamal Xashoqji o`ldirilgandan keyin shahzodaning xalqaro maydondagi obro`sini tiklashga xizmat qilishi aytilmoqda.

Tashrif davomida Saudiya Arabistoni va Pokiston o`rtasida 20 milliard dollarlik investisiya shartnomalari imzolandi.

    Boshqa yangiliklar