AsosiyDunyo

13 yoshli o`smir​ yonayotgan uydan​ ikki bolani olib chiqdi

'13 yoshli o`smir​ yonayotgan uydan​ ikki bolani olib chiqdi'ning rasmi

Chimkentning Qursay mavzesida 13 yoshli bola olov ichida qolgan xususiy uydan ikki nafar bolani olib chiqdi. Bu haqda shahar favqulodda vaziyatlar departamenti ma`lum qildi.

FVD ma`lumotlariga ko`ra, "Janaqurilis" ko`chasida joylashgan xususiy uyda shanba kuni yong`in yuz bergan. Bu vaqtda uyda uch nafar bola bo`lgan. Bolalarning kattasi yordam so`rab qo`shnilarnikiga yugurib chiqadi. 13 yoshli qo`shni bola o`t o`chiruvchilar brigadasi kelgunga qadar uch va besh yoshli ikki bolani ko`chaga olib chiqadi.

Maydoni 60 kvadrat metrga teng uy butunlay yonib kulga aylandi.

O`t o`chiruvchilar alangani ikki soatda o`chirishdi. Alangadan qutqarilgan bolalarning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar