Janubiy Koreyaning Yeoncheon shahrida o`tkazilgan “Ari sports Cup International Youth U-15 Football Tournament” musobaqasi o`z yakuniga etdi.
Dilmurod Abdullaev boshchiligidagi 1999 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz guruh bosqichi doirasida mahalliy “Konvondo” va Xitoy U-15 terma jamoalaridan ustun kelishdi va guruhda birinchi o`rinni qo`lga kiritishgan holda final yo`llanmasini qo`lga kiritishgandi.
Bugun hal qiluvchi final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda vakillarimiz Shimoliy Koreya U-15 terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Bosh sovrin uchun kechgan o`yinda shimoliy koreyaliklar 4:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Shu tariqa, “Bunyodkor-99” Janubiy Koreyada o`tgan xalqaro turnirning kumush medallari bilan ortga qaytadigan bo`lishdi.
Shimoliy Koreya U-15 terma jamoasiga qarshi “Bunyodkor-99” quyidagi tarkibda harakat qildi: 41.Javohir Qilichev, 2.Xojiakbar Ahmadjonov, 4.Abbos Nosirov, 7.Abdujamil Abdumalikov, 8.Ziyovuddin Ahadov, 11.Alijon Saidaliev, 13.Ilhom Xusanov, 14.Ulug`bek Dadaxonov, 16.Suhrob Izzatov, 17.Jahongir Abdusalomov, 18.Abbos Jumaqulov.
3-o`rin uchun kechgan bahsda “Konvondo” jamoasi “Kongyudo” ustidan 4:2 hisobida g`alaba qozondi.
10.11.2014 16:30





