Buyuk Britaniyaning “Flybmi” aviakompaniyasi o`zini bankrot deb e`lon qildi, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
Bunga esa Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi va buning ortidan kelib chiqayotgan yoqilg`i narxi bilan bog`liq muammolar sabab sifatida ko`rsatilmoqda. Mamlakatning boshqa aviakompaniyalari ham yaqinlashib kelayotgan Brexit tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ba`zi kompaniyalar esa eng yomon holatlarga tayyorgarlik ko`rishayotganini ma`lum qilgan. “Ryanair” aviakompaniyasi esa o`z rezervlarini yopib qo`ydi. Mamlakat Evroittifoqdan kelishuvsiz chiqqan taqdirda 3 haftalik muddat ichida barcha reyslar kechiktirilishi mumkin.






