Italiyalik model Klaudiya Romani mamlakatning futbol bo`yicha oliy divizionida xizmat ko`rsatuvchi birinchi ayol hakamga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
Romani barcha imtihonlarni topshirdi va Italiya chempionatining A va B seriyalaridagi uchrashuvlarni boshqarish huquqini qo`lga kiritdi.
Bundan avval Italiyada bosh hakam sifatida hech bir ayolga ruxsat berilmagandi. 2009-2012 yillarda Kristina Chini laynsmen sifatida faoliyat ko`rsatgan xolos.





