Turkiya muhojirlik xizmati xodimlari mamlakatning turli hududlarida 50 nafar noqonuniy muhojirni qo`lga oldi.
"Anadolu Ajansi" xabariga ko`ra, ulardan jami 11 kilogramm marixuana olib qo`yilib, barchasi maxsus muassasaga keltirilgan, bu erda ularni vatanlariga qaytarish masalasi ko`riladi.
Eslatib o`tamiz, Turkiya muhojirlarning Evropaga o`tishlari uchun qulay hudud hisoblanadi. O`tgan yili turk muhojirlik xizmati xodimlari tomonidan 265 mingdan ortiq noqonuniy muhojir qo`lga olingan.






