“Pekin – Moskva” marshruti uchun Xitoyda maxsus yangi superpoezd qurilmoqda.
Uni qurish bilan China South Locomotive & Rolling Stock Corporation Limited kompaniyasi shug`ullanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotolarni ham ushbu kompaniya taqdim etgan. Poezd dizayni Avstraliyaning Fordyno korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Yangi ekspresslarda lyuks, biznes va ekonom-klass kabi maxsus vagonlar bo`ladi. Barcha qulayliklarga ega poezdlarda yo`lovchilar 7000 kilometrlik taxminan 32 soatlik yo`lni bosib o`tadi. Magistralning Xitoy hududidan o`tuvchi 3200 kilometrlik qismi qurib bitkazilgan, Rossiya hududidan o`tuvchi qismi esa loyihalashtirish jarayonida.
“Pekin – Moskva” tezyurar magistralining Rossiya hududidan o`tuvchi birinchi qismi Ekaterinburg va Chelyabinsk shaharlari oralig`idan o`tadi. Uning qurilishiga 500 milliard rubl sarflanadi, ikki shahar oralig`idagi masofa atigi 70 daqiqada bosib o`tiladi.






