Boliviyaning g`arbiy qismida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida to`qnashuv sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Mazkur yirik YTH oqibatida 24 kishi halok bo`lgan. Bundan tashqari, 16 nafar inson tan jarohati olib, kasalxonaga etkazildi. Shifokorlar qurbonlar soni ortishi mukinligini xabar qilishmoqda. Voqea yarim tunda ro`y berdi. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, harakat chog`ida yuk mashinasining yoritgichlari o`chiq bo`lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






