Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon davlat ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda Emomali Rahmon uni musiqiy kliplar orqali targ`ib qilishayotganidan norozi ekanligini bildirdi.
Davlat bosma matbuoti, televidenie va radio kanal rahbariyatiga dunyoda sodir bo`layotgan voqealarga tezkorlik bilan e`tibor qaratish, ko`proq tahliliy materiallar tayyorlash vazifasini qo`ydi hamda tele va radiodasturlar Tojikiston davlati manfaatlarini hisobga olgan holda, tojik adabiy til me`yorlariga muvofiq ravishda tayyorlanishi kerakligi alohida ta`kidlab o`tdi prezident.
Mutasaddi tashkilot rahbarlari zimmasiga musiqiy kliplarda uning suratlaridan foydalanish o`rniga respublikaning erishgan yutuqlari, fuqarolar mehnati va mamlakatning betakror tabiat manzarasidan foydalanish vazifasini topshirdi.
Shuningdek, Ehmoli Rahmon uchrashuv davomida davlat telekanallari xalq hunarmandchiligi va milliy taomlarni tayyorlash usullari ommalashtirilmayotgani ta`kidladi.






