AsosiyDunyo

CNN nima uchun Rossiyada efirni to`xtatganligiga izoh berdi

CNN International telekanalining Rossiya federasiyasi hududida o`z dasturlarini efirga uzatishni to`xtatishiga sabab mamlakatda OAV sohasiga oid qonunchilikka o`zgartishlari kiritilganligidir, deya xabar bermoqda  TASS Turner Internationalga tayangan holda.

Turner International hamkorlari kompaniya vakili Klaudia Koles ta`kidlaganidek, efir dasturlarini uzatish to`xtatish to`g`risidagi qarorga o`zgartish kiritilsa, darhol ogohlantiriladi.

CNN International kanali dasturlarining 2014 yil 31 dekabrgacha Rossiya hududidagi kabel tarmoqlari orqali efirga uzatilishining to`xtatilishi haqida 10 nobyar kuni ma`lum bo`lgan edi.

Eslatib o`tamiz, SNN Rossiyada o`z dasturlarini 1990 yilning boshidan buyon efirga uzatib kelmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar