AsosiyDunyo

Tarixda ilk bor ikki ayol kosmonavt birgalikda ochiq fazoga chiqmoqda

'Tarixda ilk bor ikki ayol kosmonavt birgalikda ochiq fazoga chiqmoqda'ning rasmi

Tarixda ilk bor ikki ayol kosmonavt Xalqaro kosmik stansiya bortidan birgalikda ochiq fazoga chiqadi. Ular amerikalik Enn MakKleyn va Kristina Kukdir.

RIA Novostining yozishicha, bu haqda Kristina Kuk matbuot anjumanida ma`lum qilgan.

Shu vaqtga qadar ayol kosmonavtlar ochiq fazoga faqat bitta-bitta bo`lib chiqqan. Ilk bor ochiq fazoni zabt etgan birinchi ayol kosmonavt esa Svetlana Saviskaya hisoblanadi.

Avvalroq, joriy yilning 14 martida “Soyuz MS-12“ kemasi fazoga ko`tarilishi ma`lum bo`lgan edi. “Soyuz MS-12“ ekipaji tarkibida rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin, amerikalik Nik Xeyg va Kristina Kuk bor.

Parvoz davomiyligi 203 kundan (3 oktyabrgacha) iborat. Kosmik missiya doirasida ekipaj a`zolari ochiq fazoga chiqadi va ilmiy tajribalar o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar