Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev mamlakat hukumatini iste`foga chiqaribdi. Bugun Prezidentning rasmiy saytida Nursulton Nazarboevning xalqqa video murojaati e`lon qilindi.
Unda hozirgi hukumat aholining real daromadini oshirishda, iqtisodiy rivojlanishda, ish o`rinlari yaratishda va boshqa ko`plab jihatlarda ishonchni oqlay olmayotgani ta`kidlangan.
«Bunday vaziyatda, men, Prezident hamda Konstitusiya Kafolati sifatida, xalqimizning manfaatlarini inobatga olgan holda, quyidagi qarorni qabul qilaman. Hukumat iste`foga chiqishi kerak, deb hisoblayman», - deyiladi davlat rahbari bayonotida.
Bosh vazir o`rniga vaqtincha hozirda Bosh vazir birinchi o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Askar Uzakpaevich Mamin tayinlangan.






