Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches tomonidan tavsiya etilgan moliyaviy hujjat Katalan partiyalari tomonilan qo`llab-quvvatlanmadi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Pedro Sanches esa ushbu holatga javoban mintaqaning mustaqillik tarafdorlarini suhbat qurishni istamayotganlikda aybladi.
“Separatistlar muzokaralar stoliga o`tirishdan qo`rqishadi. Chunki ular Kataloniya mustaqil bo`lolmasligini o`zlari ham tushunishadi”, – deydi Ispaniya Bosh vaziri.






