Amnesty International xalqaro nodavlat tashkiloti Venesuela xavfsizlik kuchlarini bir qator jinoyatlarda ayblamoqda, deb xabar qildi Koreespondent.ru nashri.
Inson huquqlarini himoya qilish va vijdon erkinligini ta`minlashga qaratilgan mazkur tashkilot Venesueladagi vaziyat yuzasidan tadqiqot olib bordi. Unga ko`ra, xavfsizlik kuchlari prezident Nikolas Maduroga qarshi o`tkazilgan namoyishlar vaqtida odamlarni qiynoqqa solgan va 40 dan ortiq insoning o`limiga sabab bo`lgan. Tashkilot hisobotida qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari 900 ga yaqin odamlarni noqonuniy qamoqqa solgan. Tadqiqotning keyingi bosqichi yakuniga etgach, u keng jamoatchilik e`tiboriga taqdim etilishi va`da qilinmoqda.






