AQShning Los-Anjeles shahrida kino olamining eng nufuzli mukofoti “Oskar”ning taqdirlash marosimiga tayyorgarlik ko`rilmoqda, deya ma`lum qildi Lenta.ru nashri.
Dolby teatr binosida bo`lib o`tadigan navbatdagi tadbir 24 fevral kuni o`tkaziladi. Tashkilotchilar esa binoni jihozlashni boshlab yuborishdi. Hozirda kirish qismiga qizil gilamlar to`shalmoqda. Ichkari va tashqari uchun yaratilann bannerlar ham tayyor bo`lgani xabar qilinmoqda.






