1

Ko`katlar salomatlik sari etaklar

Salomatlik 11.11.2014, 15:54
Ko`katlar salomatlik sari etaklar

Biz bilgan ko`katlar orasida foydali va inson salomatligi uchun zarur bo`lgan foydali jihatlari juda ham ko`p. Biroq hamma ham bu haqda to`liq ma`lumotga ega deb bo`lmaydi. Zero, tabiat in`om etgan har bir giyoh inson uchun xizmat qilishiga shubxamiz yo`q. Aslida ko`katlar faqat vitaminga boy bo`lgani uchun emas, balki turli kasalliklarga davo bo`lgani uchun ham iste`mol qilinishi, xalq tabobatida ulardan tayyorlanishi mumkin bo`lgan dori vositalarini tayyorlab salomatliklarini tiklashi mumkin. Keling ular bilan yaqindan tanishamiz...

ARPABODIYoN (FENXEL)

Arpabodiyonning pochsi, bargi, guli, urug`i qadimgi Rimliklar paytida deyarli barcha taomlarga qo`shib tayyorlangan. Chunki uning foydali xususiyatlari nihoyatda ko`p. Ular qatorida Misr, Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda ham keng qo`llanilgan. Aytish lozimki aholi orasida ko`pchilik arpabodiyon shivitning boshqacha atalishi deb o`ylaydi, albatta bu xato fikr! To`g`ri, ularning ko`rinishi, hidi bir-biriga o`xshaydi, ammo ular boshqa-boshqa o`simliklardir.

Tarkibida: Kul 1.05 gr., suv 90.21 gr.

Vitaminlar: Vitamin C (C) 12 mg., Vitamin B6 0.047 mg., Vitamin B5 0.232 mg., Vitamin B2 0.032 mg., Vitamin B1 (tiamin) (B1) 0.01 mg., Vitamin A 134 mkg.

Mineral moddalardan: Rux(Zn) 0.2 mg., Selen (Se) 0.7 mkg., Mis (Cu) 0.066 mkg., Marganes (Mn) 0.191 mg., Temir (Fe) 0.73 mg., Fosfor (P) 50 mg., Natriy (Na) 52 mg., Magniy (Mg) 17 mg., Kalsiy (Ca) 49 mg., Kaliy (K) 414 mg.                                                                               

Sotib olishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:

  • Qo`lingizga olganingizda og`irgina bo`lsa harid qiling, engil bo`lsa, demak u yaxshi pishib etilmagan;
  • Rangi och yashil va oq tusda bo`lishi lozim. Sarg`imtir, jigarrang tusga kirgan arpabodiyon yo eskirgan yoki yaxshi saqlanmaganidan dalolat.
  • Hidlab ko`rishni unutmang, undan yoqimli is kelsa qo`rqmay sotib olavering.

Saqlash...

  • Muzlatkichda usti ochiq holatda selofan paketda uzog`i bilan 5 kungacha saqlash mumkin.
  • Eslatib o`tamiz, bu ko`katning hidi kun o`tgan sari yo`qolib boradi, shu sababli imkon qadar yangiligidayoq ishlatishga harakat qiling.

Foydali jihatlari...

Ushbu ko`kat tarkibida turli efir moylari, kalsiy, magniy kabi moddalar va vitaminlar mavjud. Magniy suyaklar uchun kerakli bo`lgan moddalardan sanaladi va u kalsiy hamda D vitamini bilan birgalikda suyaklarning mustahkam bo`lishiga yordam beradi. Shuningdek bu vitaminlar stress, toliqish, asabiylik, soch to`kilishi, terining so`lg`inlashib qolishi, tirnoqlar o`rtasida ariqcha paydo bo`lishi, ko`rish qobiliyatining susayishi, ko`zlar toliqishi, ishtaxaning yo`qolishi, qorin og`rig`i kabilardan ham xalos bo`lishga ko`maklashadi. Jigar va o`t pufagidagi ko`plab illatlar arpabodiyon bilan davolanadi.

Zararli agar...

Arpabodiyon spazmatik hususiyatga ega bo`lgan simliklardan bo`lgani sababli, uni iste`mol qilish epilepsiya kasaliga chalingan bemorlar hamda homilador ayollarning iste`mol qilishi, ular iste`mol qiladigan biror taomda foydalanilishi shifokorlar tomonidan taqiqlanadi.

RAYXON (BAZILIK)

Rayxonning asl vatani Hindiston sanaladi. Tarixdan ma`lum bo`lishicha Evropaga u Aleksandr Makedonskiyning askarlari tomonidan keltirilgan. Bugungi kunda esa u O`rta Osiyo, AQSh, MDH, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlari qishloq xo`jaligida keng tarqalgan. Rayxoning isi tabiatda mavjud bo`lgan hech bir o`simlikka o`xshamaydi. Shu sababli u taomlar tayyorlash, dorivor o`simlik sifatida foydalanilishidan tashqari xona havosini yangilash, xushbo`y is kiritish uchun ham qo`llaniladi. Eng oddiy xolatda ham u taom uchun eng chiroyli va xushbo`y bezak bo`la oladi.

Foydasi...

Rayxon organizmning umumiy holatini yaxshilashda juda katta ko`makchi. Shu sababli ham boshidan jarrohlik amaliyotini kechirgan kishilarga uni iste`mol qilish tavsiya etiladi. Tomoq og`rig`i va og`izdagi infeksiyalarni yo`qotishda qaynagan suvga solingan rayhon bargidan tayyorlangan damlama bilan chayish lozim. Og`izdan badbo`y xid kelishi, milk shamollashi, og`rishi va kariesda, buyrakdagi mayda toshlarni eritishda, siydik yo`li kasalliklarini oldini olish va davolashda ham ayni damlama qo`l keladi. Shu bilan birga bosh og`rig`i, yurak kasalliklari, revmatizm kabi ko`plab kasalliklarning davosi ham aynan rayxonda. Halq tabobatida rayxon saraton kasalligiga qarshi vosita sifatida ta`riflanadi.

Zararli...

Rayhonda salomatlik uchun foydali jihatlar bilan birga undan foydalanish mumkin bo`lmagan holatlar ham mavjud. Yurak qon tomiri kasalliklari, qandli diabet bilan og`riydigan insonlarga uni xaddan tashqari ko`p iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.

Tarkibida: To`yingan yog`li moddalar 0.041 gr., mono hamda disaxaridlar 0.3 gr., suv 92.06 gr, kul 1.49 gr.

Vitaminlar: Xolin 11.4 mg., Vitamin PP  0.902 mg., Vitamin K 414.8 mkg., Vitamin E 0.8 mg., Vitamin C 18 mg., Vitamin B9 68 mkg., Vitamin B6 0.155 mg., Vitamin B5 0.209 mg., Vitamin B2 0.076 mg., Vitamin B1 0.034 mg., Vitamin A 264 mkg., Beta-karotin 3.142 mg.

Minerallar: Selen (Se) 0.3 mkg., Marganes (Mn) 1.148 mg., Mis (Cu) 385 mkg., Rux (Zn) 0.81 mg., Temir (Fe) 3.17 mg., Fosfor (P) 56 mg., Kaliy (K) 295 mg., Natriy (Na) 4 mg., Magniy (Mg) 64 mg., Kalsiy (Ca) 177 mg.

ShIVIT (UKROP)

Bu o`simlik aslida O`rtaer dengizi orollari bo`yida paydo bo`lgan. Evropa mamalkatlariga u 16-asrda kirib kelgan. O`simlikdan taom tayyorlashda, bezatishdan tashqari turli kasalliklarga qarshi dori vositalarini tayyorlashda, kosmetologiyada ham keng foydalaniladi. Tuzlamalar, go`shtli taomlarni tayyorlashda ham uning o`rni beqiyos.

Foydali jihatlari

Shivit qorni dam bo`ladigan, ichkaklarida havo to`planadigan insonlar uchun juda foydali. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar o`rtasida ham ayni holat ko`plab kuzatilgani sabab xalq tabobatida meteorizm (qorin va ichaklarda xaddan ziyod ko`p miqdorda gaz to`planshi)da shivit urug`idan foydalanish bo`yicha tavsiyalar bor. Bundan tashqari u ishtaxa ochadi, ovqat xazmini engillashtiradi, tomir tortishishini bartaraf etadi, balg`am ko`chiruvchi, siydik xaydovchi, astma, bronxitga, xotirani mutaxkamlash, kayfiyatni yaxshilash kabilarga davo sifatida ham foydalaniladi. Emizikli ayollar ham ukrop eyishlari tavsiya etiladi. U sutni ko`paytirish va bola qornining dam bo`lishiga qarshilik bildirish xususiyatiga ega. Tibbiyotda ham halq tabobatida ham shivit saraton kasalligi bilan og`riydigan bemorlarga tavsiya qilinadi. Chunki uning tarkibida kimyoviy terapiyaning zararli oqibatlarini bartaraf etadi.

Kosmetikada...

Ko`pchilik teri parvarishida shivitning unchalik foydasi yo`q, deyishi mumkin. Ammo bu xato fikr. Shivitni maydalab, suvi ko`z atrofiga qo`yilsa, ko`zdagi charchoqni oladi. Shuningdek xusnbuzar, yuz terisining qurishi, turli allergik reaksiyalarga qarshi ham shivit sharbati as qotadi. Agar ana shu sharbat soch ildiziga surtilsa soch tolalarini mustahkamlaydi, sochning butun uzunligi bo`yicha surtilsa sochning turli kasalliklariga davo bo`ladi, to`kilishining oldini oladi.

Zarari...

Zarari, aniqroq qilib aytganda shivitni xaddan tashqari ko`p iste`mol qilish organizmda unga qarshi allergiyaning paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin. shuningdek shivit qon bosimi past bo`lgan bemorlarga ham tavsiya etilmaydi.

Tarkibida: To`yingan yog` moddalari 0.1 gr., kul 2.3 gr., kraxmal 0.1 gr., mono va disaxaridlar 6.2 gr., to`yinmagan yog` moddalari 0.1 gr., suv 85.5 gr., organik kislotalar 0.1 gr, oziq-ovqat tolalari 28 gr.

Vitaminlar: Vitamin PP 1.4 mg., Vitamin E 1.7 mg., Vitamin C 100 mg., Vitamin B9 27 mkg.,

Vitamin B6 0.2 mg., Vitamin B5 0.3 mg., Vitamin B2 0.1 mg., Vitamin B1 0.03 mg., Vitamin A 750 mkg., Beta-karotin 4.5 mg., Vitamin PP 0.6 mg.

Mineral moddalar: Marganes (Mn) 1.264 mg., Mis (Cu) 146 mkg., Rux (Zn) 0.91 mg., temir (Fe) 1.6 mg., Fosfor (P) 93 mg., Kaliy (K) 335 mg., Natriy (Na) 43 mg., Magniy (Mg) 70 mg., Kalsiy (Ca) 223 mg.

darakchi.uz saytini kuzatib boring boshqa ko`kat turlari, ularning foydali jihatlari, zarari haqida batafsil ma`lumot berib boramiz.

Umida Yakubova tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1