AsosiyShou-biznes

Bahodir Ahmedov O`zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga vazir o`rinbosari − «O`zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori Bahodir Ahmedov tayinlandi, deb xabar bermoqda 12news.uz.

Avvalroq, 2014 yilning mart oyida Prezident qarori bilan «O`zbeknavo» rahbari lavozimi madaniyat va sport ishlari vaziri o`rinbosari darajasiga chiqarilgani ma`lum qilingan edi.

Eslatib o`tamiz, 2014 yil 17 oktyabr kuni Prezident qarori bilan 2013 yil fevral oyidan buyon madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimini egallab kelgan Minhojiddin Hojimatov iste`foga chiqarilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar