AsosiyDunyo

AQShlik ayol o`zining 100 yoshini parashyutda sakrab nishonladi

Nyu-Yorkda yashovchi Eleanor Kanningem 100 yoshga to`lishi munosabati bilan 2,7 kilometr balandlikdan parashyutda sakradi, deb yozmoqda uz24.uz.

Uning shaxsiy shifokori bunday sakrashga yuz foiz tayyor bo`lganini va hozir ham o`zini juda yaxshi his qilayotganini aytgan. Ayolning parvoziga instruktor yordam bergan.

Bundan avval  Eleanor  90 yoshini ham parashyutdan sakrab nishonlagan edi. Shundan buyon u har 5 yilda osmonga parvoz qilishga qaror qilgan. Endi 105 yoshida to`rtinchi marta sakrashni rejalashtirgan.

100 yoshli ayolning ayni vaqtda 5 farzandi, 15  nevarasi, 26  evarasi va 2  chevarasi bor. “Men qarimayman, chunki doim yoshlar qurshovidaman”, deydi u.

Eleanor Kanningemdan tashqari, AQShning sobiq prezidenti J.Bush ham o`z yubiley sanasini parshyutda sakrab nishonlagan edi.

Manba: vesti.ru

    Boshqa yangiliklar