Belarusiyada qurilish ishlari olib borilayotgan maydondan 600 dan ortiq odam suyaklari topildi, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.
Suyaklar 20 metr chuqurlikdan topilgan. Ular erkaklar, ayollar va bolalarga tegishli ekani xabar qilinmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda, ushbu ustuxonlar Ikkinchi jahon urushi davriga oid. Olimlarning so`zlariga ko`ra, bu ommaviy qabr bo`lgan. Biroq unda kimlar dafn etilgani hozircha noma`lum.






