Kolumbiyaning Venesuela bilan chegaradosh hududida ulkan tirbandliklar yuzaga kelmoqda, deya xabar berdi Trend nashri.
Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroning buyrug`i bilan o`rnatilgan to`siqlar tufayli ushbu hududda harakat deyarli to`xtab qolgan. U mamlakatga AQSh va boshqa davlatlardan kirib kelayotgan gumanitar yordamni qabul qilmaslik maqsadida yo`llarni to`sib qo`ygan. Hozirda chegara qismida kelib chiqqan tirbandlik bir necha km.gacha cho`zilgan. Odamlar esa soatlab vaqtlarini yo`lda o`tkazishga majbur bo`lishmoqda.






