AsosiyDunyo

Albaniyada norozilik namoyishlari o`tkazilmoqda

'Albaniyada norozilik namoyishlari o`tkazilmoqda 'ning rasmi

Albaniyada muxolifat kuchlarinii qo`llab-quvvatlovchilar tomonidan norozilik namoyishlari o`tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Day.Az nashri.

Minglab albaniyaliklar parlament binosi oldiga to`planib, hukumatdan korrupsiyaga qarshi choralar ko`rishni talab qilishmoqda. Ular ayrim hukumat vakillarini jinoiy guruhlar bilan aloqada bo`lganlikda va birga ish ko`rganlikda ayblashmoqda. Odamlar turli yozuvlar tushirilgan plakatlarni ko`tarib olishgan. Parlament binosi esa polisiya tomonidan qattiiq qo`riqlanmoqda. Hozircha huquq-tartibot organlari namoyishchilarga qarshi biror chora ko`rganicha yo`q.

    Boshqa yangiliklar