Xitoyda fonarlar festivali bo`lib o`tmoqda, deb xabar qilmoqda RenTV.ru nashri.
Poytaxt Pekindagi binolardan chiroqlar shousining asosi sifatida foydalanildi. Buning uchun mingdan ortiq fonarlar va 800 dan ortiq texnik jihozlar qo`llanildi. Deyarli 2000 yildan beri o`tkaziladigan bu marosim Xitoyda 15 kun davom etgan Yangi yil bayram tadbirlarining oxirgisi hisoblanadi.






