Braziliya polisiyasi 15 kishini urib ketgan yuk mashinasi haydovchisiga qidiruv e`lon qildi. Bu jarayonda San-Pauladagi cherkovga keluvchilar, ya`ni ibodaxona yo`lagida turgan odamlar jabr ko`rishgan. Ularni urib ketgan mashina haydovchisi transport vositasini voqea joyida qoldirgan va yashiringan. Tartib posbonlari mashinadan kokain, alkogol va marixuana moddalarini topishgan.
Associated Pressning xabar berishicha, 15 kishining 7 nafari yosh bolalar. Kamida ikki kishi jiddiy ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Ularning biri 3 yoshli bolakay.
Falokat 8 noyabr kuni kechqurun sodir bo`lgan. Polisiya ma`lumotiga ko`ra, haydovchi bilan birga yana ikki kishi bo`lgan. Ular ham xuddi haydovchi kabi qochib ketishgan. Aniqlanishicha, mashina nafaqat piyodalarga zarar etkazgan, balki yo`lida uchrashan avtomobillarni ham urib ketgan.
Hozircha polisiya gumondorning ismini ma`lum qilmagan.





