Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Yoxan Kroyf jamoa himoyachisi Xerard Pikening boshqa klubga o`tib ketishi kerakligi borasida gapirib o`tdi.
"Pike ikki yildan beri kerakli saviyada o`ynay olmayapti. Aminmanki, nafaqat ishqibozlar balki, o`zi uchun ham boshqa klubga o`tib ketishi yaxshi bo`lardi.
Doimiy ravishda yo`l qo`yayotgan xatolari qimmatga tushyapti. U allaqachon "Barsa"ning asosiy tarkibiga munosib emas", - deydi Kroyf.
Manba: www.euro-football.ru





