Kecha 11 noyabr kuni Gollivudning eng obro`li, xushqomat aktyorlaridan biri bo`lmish Leonardo Di Kaprio 40 yoshni qarshi oldi.
Barchamizga “Titanik” filmidagi Jek obrazi bilan yaxshi tanish bo`lgan Leo kino olamiga dastlab reklama roliklari, serilallardagi kichik epizodik rollarni orqali kirib kelgan.
Uning nomzodi bir necha bor “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlariga qo`yilgan. Bugungi kunda u eng ko`p haq to`lanadigan aktyorlar sirasiga kiradi.
Unga tklif etiladigan rollarni u “chertib-chertib” tanlaydi, desak xato bo`lmaydi. Leo shu kungacha bo`ydoq. Uning tug`ilgan kuni munosabati bilan barcha chet el ommaviy axborot vositalarida aktyorga tabriklar chop etildi. Internet nashrlari esa sonsiz muxlis va muxlisalarining u haqidagi iliq firklari va tabriklari bilan to`ldi.





