Dunyodagi eng qimmat cho`ntak soati Jenevada o`tkazilgan Sotheby's auksionida 21.3 million dollarga sotildi, deya xabar bermoqda BBC.
Henry Graves Supercomplication nomli ushbu qimmatbaho soat 24 karatlik tilladan yasalgan bo`lib og`irligi 500 grammni tashkil etadi. Uni Shvesariyaning Patek Philippe kompaniyasi 1930 yili nyu-yorklik bankir Genri Greyvs buyurtmasiga binoan tayyorlagan. U boshqa bir magnat bilan jahondagi eng og`ir soat sohibi bo`lish yuzasidan garov o`ynagan.
Oddiy soatlardagi kabi soniya, daqiqa va soat ko`rsatkichlaridan tashqari uning yana 24 ta turli mexanizmlari bor.
920 detaldan iborat ushbu soatni tayyorlash uchun etti yil sarflangan.





