Kolumbiyada Venesuela muxolifat rahbari Xuan Guaydo va mamlakat prezidenti Ivan Duke ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Poytaxt Bogotada o`tgan yig`ilish AQSh vise-prezidenti Maykl Pens tomonidan tashkil etilgan. Pens Guaydoni muvaqqat prezident sifatida tan olayotgan davlatlar soni ortib borayotganini hamda prezident Donald Tramp uni butunlay qo`llab-quvvatlashini ta`kidlab o`tdi. Shuningdek, Venesuela xalqiga demokratiya uchun kurashishda Lotin Amerikasi davlatlaridan 56 million dollar miqdorida yordam ajratilishini ma`lum qilgan.






