AQShning Viskonsin shtatida kuchli qor bo`ronlari kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.
Bir necha kundan buyon davom etayotgan noqulay ob-havo bir qator muammolarga sabab bo`lmoqda. Qor uyumi avtomogistrallarni yopib qo`yishi natijasida 100 dan ortiq yuk mashinalaridan iborat to`qnashuv ro`y berdi. Oqibatda esa 1 kishi hayotdan ko`z yumgan. Bundan tashqari, 12 nafar inson turli darajada tan jarohati oldi.






