Dominikan Respublikasida bundan bir necha kun avval yo`qolgan dayverlarni qidirish amaliyoti keyingi bosqichga o`tdi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Al-Dudu lagunasida 9 fevral kuni 2 nafar italiyalik dayverlar bedarak yo`qolgan edi. Tezkor amaliyot davomida ulardan birining tanasi topilgan. Xozirda jasadni yuqoriga olib chiqish harakati olib borilmoqda. Ikkinchi dayver esa topilganicha yo`q.






