Qirg`izistonda Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag`ishlangan 42-xalqaro turnir yakunlandi.
Musobaqada O`zbekiston, Rossiya, Qozog`iston, Tojikiston, Belorus, Tailand, Mo`g`uliston va Qirg`izistondan 200 nafarga yaqin bokschilar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko`ra, qizlar o`rtasidagi bahslarda Shahnoza Yunusova (-69 kg) oltin medalga sazovor bo`ldi.
MOQ xabariga ko`ra, Mavluda Mavlonova esa (-75 kg) kumush medal sohibasiga aylandi. Abdumalik Xalakov (-57 kg), Akmalbek Qosimov (-81 kg) va Abdulla Xudorganovlar (+91 kg) yurtimizga bronza medali bilan qaytishdi.






