1

“Mening yurtim”da 4 martdan ikkita milliy serial namoyishi boshlanadi

Madaniyat 01.03.2019, 11:02
“Mening yurtim”da 4 martdan ikkita milliy serial namoyishi boshlanadi

“Mening yurtim” telekanali bahoriy mavsumda teletomoshabinlar talab va istaklariga binoan rang-barang dasturlarni hozirlab qo`ygan. O`nlab shou dastur va mega loyihalar bilan bir qatorda, albatta, yangi seriallar ham efirdan joy olgan.

My5 telekanali milliy seriallarga alohida e`tibor qaratishi barchaga ma`lum. Informasion, ijtimoiy yoki boshqa teledasturlarda aytilgan, biroq etarlicha samara bermagan, tomoshabin ongiga qadar kirib bormagan talay mavzular borki, ularni milliy serial orqali ta`sirchan ko`rinishda etkazish maqsadga muvofiq. Shu sababli 2019 yil 4 martdan birato`la ikkita milliy serial namoyish etila boshlanadi:

“Jurnalist” – bu serial “Mening yurtim” telekanali muxlislari uchun yangi mavsum tuhfasi desak yanglishmaymiz. Bahorning ilk kunlaridanoq prem`erasi kutilayotgan “Jurnalist” seriali zamonamiz yoshlarining bugungi hayoti va intilishlari haqida hikoya qiladi. Serialning bosh g`oyasi yoshlarni hayot sinovlarida qoqilmasliklari uchun ilmli, mustaqil fikriga ega, vatanparvar va o`z kasbiga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir. Zero, serial qahramoni Dunyo ham zamonamiz qahramoni bo`lib, 20 yoshda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetini tugatib tahririyatdajurnalist sifatidaish boshlaydi. Uning maqolalarida ko`tarilgan dolzarb mummolar va mavzular barchani lol qoldiradi. Sevib-sevilib turmushga chiqadi biroq, baxtli onlari ko`pga bormaydi, yozgan maqolasi tufayli oilasi parokanda bo`ladi. 200 qismdan iboratbo`lgan “Jurnalist” serialini 4 martdan boshlab soat 20:45 da tomosha qilishingiz mumkin.

“Zaharli tomchilar” – seriali navbatdagi milliy serial prem`erasi bo`lib, unda bugungi hayotimizdagi dolzarb muammolar ko`tarilgan. Serial orqali jamiyatda yovuzlikni kasb qilgan yoshlarimizni psixotron moddalar bilan hayotini zaharlayotgan kimsalardan ogoh bo`lishga ularga qarshi kurash kerakligi uqtiriladi. Zero, bugun ogohlik davr talabidir. Shuning uchun ham serial bizni jamiyatmiz oldidagi ijtimoiy ma`suliyatimizni unutmaslikka chorlaydi. Unda tevarak atrofimizda sodir bo`layotgan voqelikka nisbatan loqaydlik fojeaviy oqibatlarga olib kelishi o`tkir syujetli sahnalar orqali ochib beriladi. Bundan ko`rinadiki ushbu serial barchamizni ogohlikka da`vat etib,muhim ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. “Zaharli tomchilar” serialini4 martdan boshlab soat 21:15 da tomosha qilishingiz mumkin.

Milliy seriallarning efirga kirib kelishi munosabati bilan tomoshabinlar qalbidan o`rin olgan mazkur seriallar vaqtida o`zgarish bo`ladi:

“G`aroyib doktor”- autizm kasalligiga chalingan g`ayritabiiy iste`dod sohibi bo`lgan doktor Shon Myorfi haqidagi ushbu serialning ikkinchi mavsumi yanada qizg`in tus olmoqda. Endilikda serial muxlislari doktor Shonning tibbiyot sohasida erishgan kutilmagan natijalariga guvoh bo`lishi mumkin. “G`aroyib doktor” serialini 4 martdan boshlab soat 18:30 da tomosha qilishingiz mumkin.

“Pul va gul ishqi”- dastlabki qismlaridanoq muxlislar qalbidan chuqur joy olgan bu serial voqealarida yangi tafsilotlar ayon bo`lmoqda. Elif va O`merning shijoati tufayli Nilufar jinoiy guruh qo`lidan qutqarildi, qahramonlarimiz dastlab o`zlari duch kelgan jinoiy jumboqlar echimiga oz bo`lsada javob topa oldilar. Biroq parda ortida turgan makkor kuchlar ularni yanada chigal va qiyin sinovlar tomon boshlamoqda. Bu esa har qanday tomoshabinni befarq qoldirmasligi aniq. Endi siz “Pul va gul ishqi” serialini 4 martdan boshlab soat 19:00 da tomosha qilishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1