AsosiySport

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti bo`ldi

'Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti bo`ldi'ning rasmi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) o`z ishini davom ettirmoqda. Mazkur tadbirda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Axmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ham ishtirok etishmoqda.

Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qo`mitasi va doimiy komissiyasiga a`zolar saylandi. Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qo`llab-quvvatlashdi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti bo`ldi.

Biz O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, shuningdek, mamlakatimizdagi barcha olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan Umid Mahamatdjanovichni yuksak ishonch bilan tabriklaymiz.

Eslatib o`tamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

"Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga g`urur bag`ishlaydi, shu bilan birga bu katta mas`uliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat O`zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qo`mitasi a`zolari safidan o`rin olishdir. Xalqaro Olimpiya qo`mitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman", – dedi Umid Ahmadjonov.

    Boshqa yangiliklar