Rossiyalik mashhur gimnastikachi Elena Isinbaeva O`zbekistonda amalga oshirilayotgan sport islohotlarini yuqori baholadi, deb xabar qilmoqda Olimpiya qo`mitasi.
Isinbaeva O`zbekiston engil atletika federasiyasida “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasiga sharafli mehmon sifatida tashrif buyurgan. Taniqli sportchi o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashdi.
“Qo`rqmasdan ayta olamanki, mamlakatingiz rahbariyati sportni rivojlantirish uchun istiqbolli g`oyalar bilan ishlamoqda. Yurtingizda uch haftadan so`ng xalqaro marafon bo`lib o`tadi. Bu juda katta voqelik. Unda ko`plab davlatlardan ishtirokchilar va mutasaddilar tashrif buyurib, musobaqa borasida o`z fikrlarini bildirishadi. O`ylaymanki, bu O`zbekistonda sport va engil atletikaning rivoji uchun yaxshi impuls bo`ladi. Eng asosiysi, 2030 yili bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlariga mezbonlik qilish uchun kurashda sizlarga omad tilab qolaman. Aminmanki, shunday rivojlanishda niyatingizga eta olasiz», – deydi Isinbaeva.
Shuningdek Isinbaeva 2002-2003 yillarda tug`ilgan o`smirlar o`rtasidagi Markaziy Osiyo xalqaro musobaqasida g`olib va sovrindor bo`lgan yosh atletlarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi.
Rossilik sportchi O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilari bilan engil atletikaning rivoji borasida o`tkazilgan suhbatda ham ishtirok etib, qimmatli maslahatlar berdi.
Yig`ilish yakunida faxriy mehmonga qimmatbaho sovg`alar topshirildi.








