1

«Barselona» – eng mashhur klub, «Real» – ikkinchi va «MYu» – uchinchi o`rinda

Sport 14.11.2014, 09:17
«Barselona» – eng mashhur klub, «Real» – ikkinchi va «MYu» – uchinchi o`rinda

Sport va yangi texnologiyalar bo`yicha tadqiqot olib boradigan Digital Sports Media agentligi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lgan futbol klublarini aniqladi.
Tadqiqotda Facebook, Twitter, YouTube, Instagram va Google+ tarmoqlaridagi obunachilar soni hisoblab chiqilgan. Unga ko`ra birinchi o`rin 117 million obunachiga ega bo`lgan "Barselona"ga tegishli ekani aniqlandi. Ikkinchi o`rindagi "Real"da 108 million obunachi bor. Kuchli uchlikdan esa 70 milliondan ortiq muxlisga ega bo`lgan "Manchester Yunayted" o`rin olgan.
Yana ikki klub  «Chelsi» (50 milliondan oshiq) va «Arsenal» (39,6 milliondan oshiq) kuchli beshlikka kira olgan.
Eslatib o`tamiz, "Barselona"ning 60 million obunachisi 2014 yil davomida yig`ilgan.

Manba: www.sports.ru   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1