Nyu-Yorkning Steyten-Aylend orolida “Cho`qintirilgan ota” filmi uchun qurilgan uy sotilmoqda. Don Korleoni oilasi istiqomat qiluvchi bu uyni 2 million 900 dollarga baholandi.
5 yotoqxona, 7 yuvinish xonasi, to`rtta mashina uchun garaj, basseyn va trenajer zaliga ega bu hashamatli uy 1930 yili qurilgan. Uyning butun maydoni 0.2 gektarni tashkil etadi, deya xabar bermoqda "Interfaks".
Filmda aynan ushbu uydan foydalanishni 1971 yili Steyten-Aylendlik akter Janni Russo tavsiya qilgan. “Cho`qintirilgan ota”da u Don Korlenon Karloning kuyovi rolini ijro etgan.
Sotuvga qo`yilgan erda Karlo, shuningdek uning qizi Vito Korleon Konnining to`ylari sahnalarai suratga olingan.
"Cho`qintirilgan ota" insoniyat tarixida eng yaxshi filmlar ro`yxatidan doimiy ravishda joy olib kelmoqda. Film “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi filmi”, “Eng yaxshi ssenariy”, “Eng yaxshi akterlik ishi” kabi nominasiyalarida g`olib deb topilgan. Bundan tashqari yana 17 ta nominasiyada 19ta mukofotni qo`lga kiritgan.
Filmni tasvirga olish ishlari 1971 yilning o`rtalarida to`rt oy davomida amalga oshirilgan. Premerasi esa 1972 yili bo`lib o`tgan. Garchi byudjeti 6 million dollarni tashkil etsa ham, ijarada 268.5 million to`plashga muvaffaq bo`lgan.