1

OChL. O`zbekiston guruh bosqichiga 3ta o`rin olishi mumkin

Sport 14.11.2014, 09:55
OChL. O`zbekiston guruh bosqichiga 3ta o`rin olishi mumkin

Kelasi yili OChLda O`zbekiston uchun 3+1 ko`rinishida kvota berilishi mumkin. Albatta, bu hozircha norasmiy xabar.

Gap shundaki, OFK koeffisientlar jadvali (OFKKJ)ning Sharq mintaqasida 6-o`rinni egallab, nazariy jihatda "1+1" ko`rinishida OChL kvotasiga ega bo`lgan Iroq klublari OFKning lisenziyalashtirish talabidan o`ta olishmagan. Natijada Iroq klublari OChLda ishtirok etish huquqidan mahrum bo`lishdi.

Savol tug`iladi: Iroqqa berilishi kerak bo`lgan "1+1"ta o`rinlar kimga beriladi? Bu o`rinlarni OFKKJda 7-o`rinni egallagan Kuvaytga berilmaydi. Boisi, bu mamlakat etarli reyting ochkolariga ega bo`lmagan va o`ziga ajratilgan "0+1" bilan cheklanadi. Shuningdek, OFKning yangi qoidasiga ko`ra, bitta mamlakat OChLda "3+1"dan ortiq o`ringa ega bo`lishi mumkin emas. Bu holda Saudiya Arabistoni va Eronning kvotalari o`zgarishsiz qoladi.

Demak, OFK mutaxassislari qandaydir yangi qoida o`ylab topishmasa, Iroqqa berilmagan guruh bosqichi uchun bitta o`rin OFKKJda 3-o`rinni band etgan O`zbekistonga berilishi lozim. Agar OFK Ijroqo`mi O`zbekistonga "3+1"ta o`rinni tasdiqlasa, "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf" to`g`ridan-to`g`ri guruh bosqichida, "Bunyodkor" esa saralashda ishtirok etadi.

Guruh bosqichiga beriladigan mazkur bitta o`rin uchun BAA va Qatar ham kurashib ko`rishi ehtimoli yo`q emas. Ko`ramiz, OFK mazkur masalani qanday hal qilar ekan. OChL kvotalari taqsimoti 29 noyabr kuni bo`lib o`tadigan OFK ijroqo`mida tasdiqlanadi.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1