AsosiyShou-biznes

Ekstrasens: Leonardo Di Kaprio 5-7 yildan keyin “Oskar” oladi

11 noyabr kuni “Titanik” filmi orqali ko`plab teletomoshabinlarning mehrini qozongan Leonardo Di Kaprio 40 yoshga to`ldi. Ko`rinishidan, u boy, omadli va mashhur. Afsuski, uning shaxsiy baxti yo`q. Leo o`z juftini topa oladimi? “Oskar”ni qo`lga kiritadimi? Aynan ushbu savollarga Moxsen Noruzi javob berdi, deb yozmoqda all-stars.su.
Ekstrasensning aytishicha, Leonardo haqiqiy tahlikali erkak. U bilan munosabatga kirishish juda qiyin. Uning ayollarga bo`lgan talablari juda yuqori va ko`p: u, albatta, go`zal, aqlli va ajoyib uy bekasi bo`lishi kerak. Bundan tashqari Leo perfeksionist bo`lib, u tanlagan ayol uning tez-tez tushib turadigan kayfiyatiga ham chidashi kerak.

Akterning bitta o`ziga xos jihati bor: ishdan keyin navbatdagi romanini boshlab, ruhiy kuchini tiklashni yaxshi ko`radi, biroq Leo bir kun kelib uylanadi. Bo`lajak qallig`iin uchratganida u boshqa ayollarga qaramay qo`yadi. Ekstrasensning gaplariga ko`ra, Leoning ikki – qiz va o`g`il farzandlari bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar