AsosiyShou-biznes

Shahzoda ishtirokidagi duet Evropa telekanallari orqali namoyish etiladi

O`zbek estradasining eng ko`zga ko`ringan xonandalaridan biri mafturkor va betakror Shahzoda hamda Jasur G`oyipovlar birgalikda ''Super ledy (Bari gal)'' duet taronasi uchun videoklip suratga olishmoqda.

Videoklipga J.Hojiniyozov rejisserlik qilmoqda.

Jamshid Hojiniyozov:

- Bugun Shahzoda va Jasur G`oyipovning ''Super ledy (Bari gal)''  dueti uchun suratga olinayotgan videoklipi trek yo`nalishida bo`lib, unda kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi va nasib qilsa dekabr oyining birinchi yarmida taqdim etiladi. Shahzoda va Jasur G`oyipov mening nazarimda bugungi kunda o`zbek shou-biznesidagi eng yorqin yulduz ijodkorlardir. Ularning yutuqlari haqida aytadigan bo`lsam, Shahzoda nafaqat O`zbekiston, balki qo`shni davlatlar va chet el katta sahnalarida o`z san`atini namoyish etayotgan sanoqli o`zbek xonandalaridan biri. Jasur G`oyipov haqida turli fikrlar bo`ldi, o`n oy ichida juda ko`p qo`shiqlar yaratdi, soniga emas, sanog`iga e`tibor berish kerak, deganlar ham bo`ldi. Lekin, ishonch bilan aytamanki, uning har bir qo`shig`i professional tarzda yaratilgan. Videokliplari ham sifatli darajada bo`lgani uchun ham Evropa telekanallari badiiy kengashidan o`tdi.

Bir sirni oshkor qilmoqchiman, Amerikaning mashhur ''Island Def Jam Music Group'' kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi. Kelgusi yil boshidan Jasur G`oyipovning ingliz va o`zbek tilida ijro etgan qo`shiqlari va videokliplari Amerika hamda Evropa davlatlari radio-telekanallarida ham namoyish etila boshlaydi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar