Mahalliy shifokor tomonidan o`limi tasdiqlangan varshavalik ayol morgda qayta tirildi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net, deb yozmoqda daryo.uz.
91 yoshli Yanina Kolkevich ismli ayol o`zining Varshavadagi uyida jiyani tomonidan hushsiz holda topildi. Oilaviy shifokor ayolning o`limini tasdiqlab, rasmiy guvohnoma yozib berdi.
Kampirning qarindoshlari dafn marosimini ikki kundan so`ng o`tkazishni rejalashtirdi va jasadni mahalliy o`likxonaga joylashtirdi. Biroq u erdagi sovuqxonada 11 soat yotgach, Yanina Kolkevichning tanasi morg xodimlarini hayratga solib, harakatlana boshladi. Ayol shu kuniyoq sog`lom holatda uyiga qaytdi.
Ostrov Lyubelski shahri polisiyasi ushbu holat bo`yicha tergov boshladi.





