1

Sirdaryoda sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 08.03.2019, 08:46
Sirdaryoda sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Sirdaryo viloyati bojxonachilari kosmetika va boshqa turdagi tovarlarni yurtimizga noqonuniy olib kirish bilan bog`liqqonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Qo`shni mamlakatdan o`zining “SCANIA R440” rusumli avtomashinasida kirib kelgan fuqaro A.A. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, qonunbuzar fuqaro tomonidan og`zaki so`rov paytida va deklarasiyada ma`lum qilinmagan, sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 25 million so`mlik 48 xil turdagi tovar-moddiy boyliklarni avtomobil saloniga yashirgan holda chegaradan olib o`tayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1