1

Hujjatdan tushib qolgan tovarlar fosh etildi

Jinoyat 08.03.2019, 09:00
Hujjatdan tushib qolgan tovarlar fosh etildi

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Sirg`ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari xorijdan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi xususiy korxonalardan birining nomiga kelgan yuklarni ko`zdan kechirish davomida bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi.

Hujjatlarga ko`ra, vazni 38 tonnadan ortiq 1369 o`rindan iborat maishiy texnika tovarlari ortilgan bo`lishi lozim edi. Ammo, bojxona ko`rigi davomida yuklar bilan hujjatlardagi ma`lumotlar o`rtasida tafovutlar ko`zga tashlandi.

Natijada, konteynerlarga hujjatlarda ko`rsatilganidan ortiqcha, jami qiymati 167 million so`mlikjami miqdori salkam 190 dona kir yuvish mashinasi, changyutgichlar, radio tovarlariortilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari jarayonlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1